PASTDARG‘OMDA YANADA SERHOSIL VA CHIDAMLI G‘ALLA NAVLARI YETISHTIRILADI
Pastdarg‘om tumani hududiy joylashuvi, ekin maydonlari qamrovi, iqlimi va boshqa jihatlar nuqtai nazaridan, qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha viloyatimizda muhim o‘ringa ega sanaladi.
Qishloq xo‘jaligida ekinlarning serhosilligi, moslashuvchanligi va chidamliligi bevosita ularning naviga bog‘liqligi sabab, urug‘chilik sohasi juda ahamiyatli.
Viloyat hokimi o‘rinbosari, tuman hokimi o‘rinbosari hamda Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan olimlar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda tumanimizda g‘allaning yangi xorijiy navlarini yetishtirish masalasi ilgari surildi.
Bunda, “Samarqand-Stavropol-Semena” MCHJ shaklida O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi hamkorligida tumanimizdagi ekin maydonlarida serhosil, isteʼmolbop va har tomonlama chidamli g‘alla navlarini yetishtirish hamda ularni kelgusida yurtimiz bo‘ylab tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.




