PASTDARG‘OMDA SHARQONA YANGI YIL SHODIYONALARI DAVOM ETMOQDA
Xalqimiz uchun sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy, asl milliy va juda ardoqli bayram sanalgan Navro‘z ayyomi shodiyonalari Pastdarg‘om tumanida hamon ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Barcha mahallalarda birin-ketin bayram sayllari, milliy o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlar o‘rin olgan tantanalar tashkil etilmoqda.
Jumladan, Oshiq ota mahallasida ham, ushbu tantana munosabati bilan "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin - Navro‘z!" shiori ostidagi bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Fayzli davrada yangragan o‘zbekona kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Turli noz-neʼmatlar dasturxonga tortildi, milliy taomlar pishirildi, xalqimizga xos milliy o‘yinlar ham davraga o‘zgacha fayz baxsh etdi.