insurez
01-07-2025 16:23

PASTDARG‘OMDA RESPUBLIKADAGI ENG YIRIK DON XIRMONI JAMLANDI


Pastdarg‘om tumanida bu yil 304 ta fermer xo‘jaligidagi 17 936 gektar maydonda boshoqli don parvarishlandi. Qilingan mehnat bugun o‘z samarasini bermoqda.

Jami reja 54 ming 39 tonna bo‘lib, bunda 17 kun ichida 54 117 tonna miqdoridagi don xirmoni jamlandi va belgilangan reja 100,1 foizga bajarildi. Ayni paytda, xirmon kelishi davom etmoqda.

Tumanda g‘alla o‘rim mavsumi uyushqoqlik bilan tashkillashtirildi. Mavsumga masʼul qilib biriktirilgan otryad aʼzolari ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, el rizqini nest-nobudgarchiliksiz yig‘ib olinishida katta hissa qo‘shishdi.

Shu o‘rinda, ilk urug‘ qadalishidan to hozirga qadar xizmat qilgan barcha mehnatkashlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Teglar
- -