Pastdarg‘omda qishloq xo‘jaligi ishlari qizg‘in davom etmoqda
Pastdarg‘om tumanida qishloq xo‘jaligi ishlari ayni paytda avj pallaga kirgan. Tuman bo‘yicha barcha fermer xo‘jaliklarida g‘alla maydonlarini o‘g‘itlash, shuningdek, mahalliy o‘g‘it tayyorlash ishlari reja asosida amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, suv taʼminotini yaxshilash maqsadida ariq va zovurlarni qazish, tozalash ishlari ham jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Ushbu ishlar kelgusi hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.




