PASTDARG‘OMDA OSIYO CHEMPIONLARI SONI YANA BITTAGA ORTDI
Xabaringiz bor, yaqinda Janubiy Koreyaning Geosan shahrida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Kurash bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqasi o‘tkazildi.
Qitʼamizning 25 ga yaqin davlatidan kelgan sportchilar ishtirok etgan musobaqada pastdarg‘omlik bir guruh yoshlar yuqori natija ko‘rsatib, O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga medallar shodasini taqdim etishdi.
Jumladan, ushbu nufuzli musobaqada yana bir yosh tumandoshimiz, To'rttom mahallasida yashovchi Shoxruh Shamsiddinov ham o‘z vazn toifasidagi barcha raqiblaridan ustun keldi va Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Biz chempionimizni g‘alaba bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida ham zafarlar tilab qolamiz.