insurez
26-05-2025 17:44

PASTDARG‘OMDA OILA VA XOTIN-QIZLAR MASKANI ISH BOSHLADI


Pastdarg‘om tumani Mirzo Ulug‘bek nomli mahallada keng jamoatchilik ishtirokida “Oila va xotin-qizlar maskani”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov, viloyat hokimining o'rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Z.Saidova, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, faollar va tegishli mutasaddilar ishtirok etgan tadbirda, yurtimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan keng imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi va mazkur markaz oilalar, ayollar hamda yoshlar uchun keng qamrovli xizmatlarni taqdim etishi taʼkidlandi.

Maʼlumot uchun, ushbu markazda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi:
 
1. Oila madaniyatini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari – nikohlanuvchi shaxslar, 5 yilgacha turmush qurgan yosh oilalar, nizoli oilalar hamda qaynona-qaynotalar uchun 8 soatlik maxsus dastur asosida.

 2. Sog‘lom avlod uchun maslahatlar – yosh onalar va homilador ayollar “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” tamoyili asosida tibbiy maslahatlar va amaliy ko‘nikmalar bilan taʼminlanadi.

 3. Psixologik va yuridik xizmatlar – ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun bepul, boshqa fuqarolar uchun esa pullik asosda xizmatlar ko‘rsatiladi.

 4. Oilaviy nizolarni bartaraf etish – nizoli oilalar bilan individual ishlash orqali barqaror muhitni taʼminlash va yarashtirish ishlari olib boriladi.

 5. Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash – tikuvchilik, xususan milliy kashtachilik yo‘nalishida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Shu asnoda ushbu maskan oilalarni mustahkamlash, aholi turmush farovonligini yaxshilash va, jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Teglar
- -