insurez
21-11-2025 20:19

PASTDARG‘OMDA 2026-YILDA QANCHA IJTIMOIY SOHA OBYEKTI QURILADI?


Pastdarg‘om tumanida 2026-yil investitsiya dasturlari asosida 6 ta maktab, 3 ta bog‘cha va 5 ta tibbiyot maskanlarida, jami qiymati qariyb 60 milliard so‘mlik bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, Esaboy MFYdagi 43-maktab uchun 3,64 milliard so‘m evaziga 240 o‘rinli yangi qo‘shimcha bino qurish;

Shombuloq MFYdagi 47-maktabga 5,08 milliard so‘mga 420 o‘rinli qo‘shimcha bino barpo qilish;

Balxiyon MFYdagi 52-maktab hududida 4,56 milliard so‘m hisobiga 300 o‘rinli qo‘shimcha bino bunyod etish;

Bog‘ishamol MFYdagi 90-maktabda 2,12 milliard so‘m evaziga 140 o‘rinli yangi qo‘shimcha bino qurib bitkazish;

Qoqsoy MFYdagi 71-maktabga 1,52 milliard so‘mga 100 o‘rinli qo‘shimcha bino tashkil etish;

Qo‘shquduq MFYdagi 83-maktabga 4,10 milliard so‘m evaziga 270 o‘rinli yangi qo‘shimcha bino qurish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, A.Temur nomli MFYdagi 12-son DMTTda 4,19 milliard so‘mga 150 o‘rinli, Zormon MFYdagi 54-son DMTTda 5,59 milliard so‘m evaziga 120 o‘rinli va Temiryo‘l MFYdagi 47-sonli bog‘chada 4,19 milliard so‘m mablag‘ hisobiga 120 o‘rinli quvvatga ega yangi zamonaviy binolar barpo etilishi maqsad qilingan.

Bundan tashqari, Qorag‘uppa MFYdagi “Fayziobod” va Galatut MFYdagi "Al Beruniy" nomli UASHlar hamda O‘rta Charxin MFYdagi Namuna va Parchaqora MFYdagi Navro‘z nomli TTYOSHlar o‘rnida 11,4 milliard mablag‘ evaziga 4 ta yangi oilaviy poliklinikalar tashkil etilishi reja qilingan.

Juma shahri hududidan 13 milliard so‘m hisobiga 450 qatnovga mo‘ljallangan yangi zamonaviy OP bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.

Teglar
- -