Pastdarg‘om tumani IIBga yangi rahbar tayinlandi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tuman hokimi Sherzod Rahmonov hamda tashkilotlar rahbarlari hamrohligida Pastdarg‘om tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv avvalida Boshqarma boshlig‘i Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan tuman IIB boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Halimov Ulug‘bek Anvarovichni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.
Tayinlovga qadar U.Halimov Paxtachi tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.