Pastdarg’om tuman fermerlar kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga MUROJAATI
Qadrli vatandoshlar!
Hurmatli dehqon va fermerlar, agrar soha fidoiylari!
Bugungi murakkab global iqtisodiy sharoitda, oziq-ovqat xavfsizligi dunyo miqyosida dolzarb masalaga aylanib borayotgan bir paytda, mamlakatimizdaqishloq xo‘jaligi sohasida mavjud resurslar va imkoniyatlardan unumli foydalanish, oziq-ovqat ekinlarini ikki barobarga ko‘paytirish, yuqori hosil olish, agrar sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish muhim vazifalardan biri ekanligini barchamiz his etib turibmiz.
Shunday murakkab pallada biz dehqonu-fermerlar hamda klaster korxonalari tomonidan har qachongidan ko‘proq mas’uliyat bilan ter to‘kib ishlashni davr taqozo etmoqda.
Ayni paytda, yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar orqali siz — fermer va qishloq xo‘jaligi sub’ektlari uchun katta imkoniyat va imtiyozlar yaratildi. Xususan, 2025 yilning o‘tgan 3 oyi davomida qator imtiyozlar va vakolatlar berildi.
Birinchidan, Soliq yuki yengillashtirildi: 2025 yil 19 martdagi PF-50-son Farmonga muvofiq, fermer xo‘jaliklarining soliq qarzdorligi bo‘yicha hisoblangan penyalar hisobdan chiqarildi, ijro ishlari to‘xtatildi;
ikkinchidan, Yuqori hosil uchun rag‘bat shakllantirildi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 martdagi PQ-131-son Qarorga binoan, paxtadan 50 s/ga, g‘alladan 80 s/gadan yuqori hosil olgan fermerlarga bir qator imtiyozlar joriy etildi:
- ijaraga olingan yerlarning 25% qismiga almashlab ekish huquqi (chorva ozuqasi, sabzavot, moyli ekinlar);
- fermerlar kengashi a’zolik badali 0,6 foiz o‘rniga 0,3% etib belgilandi;
- yer solig‘ida bazaviy stavkaga nisbatan mutanosib ravishda 3 karragacha kamaytiruvchi koeffitsientlar qo‘llashga ruxsat berildi..
uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-136-son qarori bilan yer maydoni 5 gektardan kam bo‘lmagan xo‘jaliklarga o‘zlariga qarashli yerlarning dala chetlarida ichki xo‘jalik yer tuzish loyihasiga muvofiq, jami yer maydoning 1 %ga, lekin 20sotixdan ko‘p bo‘lmagan yerga muzlatkichli omborxonalar, saralash, quritish, qayta ishlash, qadoqlash, suv tejovchi texnologiyalar va suv saqlash ob’ektlarini qurishga ruxsat berildi.
Hurmatli dehqon va fermerlar!
Keling, yurtimiz taraqqiyoti uchun birgalikda harakat qilaylik! “Dolzarb bir oylik” davomida agrotexnik tadbirlarni sidqidildan amalga oshirib, yuqori hosil va yuqori daromadga erishaylik. Shu orqali xalqimizning dasturxonini to‘kin, yurtimizni farovon qilaylik!
Prezidentimiz olib borayotgan islohotlarda “fermer” nomi bilan ishtirok etar ekansiz, o‘z kasbingizga sadoqat bilan yondoshib, dehqonchilikdan u qaysi yo‘nalishda bo‘lmasin yuqori hosil olib, yaxshi daromad qilib, bozorlarimiz, dasturxonlarimizning to‘kin bo‘lishiga, qishloq xo‘jaligi sanoatining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan holda, mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida, xalqimiz hayoti tinch va farovon bo‘lishida faol qatnashish har birimizning fermerlik burchimiz hamda vazifamiz ekanligini esimizdan chiqarmaslik zarur.
Barchamiz yaxshi tushunamizki, hozirgi o‘ta murakkab iqlim sharoitida ko‘plab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, yerdan mo‘l hosil yetishtirish – bu chinakam jasorat va matonat namunasidir.
Xalqimiz Sizdek mirishkor dehqon va fermerlar, mohir suvchi
va irrigatorlar, o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan mexanizator
va agronomlar, jonkuyar olim va tadqiqotchilar, klaster xodimlari timsolida ana shunday fidoyi insonlarni ko‘radi va el-yurt dasturxonini to‘kin qilish yo‘lidagi sharafli va olijanob mehnatingizni yuksak qadrlaydi.
Aslida, buning zamirida, shu muqaddas zaminda tavallud va tarbiya topgan, o‘zini aynan shu yurt farzandi, deb bilguvchi inson o‘z davlati, xalqi oldidagi, uni umidlar bilan tarbiyalagan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etish hissi yotibdi.
Mirishkor va fidoiy fermerlar!
Bu yilgi tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, jumladan chigitni ham o‘z vaqtida yerga qadash biz fermer va dehqonlarning asosiy vazifasidir.
Aprel oyida bajariladigan agrotexnik tadbirlarning ahamiyati paxta hosildorligini oshirishda nihoyatda muhim. Negaki, hosilning ertaki, sifatli va mo‘l bo‘lishi ayni shu oydagi mehnat natijasi bilan o‘lchanadi. Bobodehqonlar ta’biri bilan aytganda, “Erta ekkan – erta o‘radi”,shuning uchun chigitni o‘z vaqtida yerga qadang.
Yuqoridagidan kelib chiqib, paxtadan yuqori hosil olish uchun aprel-may oylarida, ya’ni “Dolzarb bir oylik”da biz fermerlar tomonidan chigitni o‘z vaqtida yerga qadab, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish zarurligihamda erta ekib qo‘shimcha daromad olishingizni yurakdan his etib, quyidagi tadbirlarga har qachongidan ham ziyoda mas’uliyat bilan yondoshishingiz so‘raladi:
birinchidan, barcha fermerlaruzog‘i bilan 2-3 kunda to‘liq chigitni ekishni yakunlang;
ikkinchidan, 15-20 aprel kunlarida g‘o‘za maydonlarida 150-200 kg azotli, 50 kg kaliy, 200 kg fosforli (ekish bilan berilmagan bo‘lsa) o‘g‘itlar bilan
1-kultivatsiya ishlarini sifatli o‘tkazing;
uchinchidan, 3 kun muddatda dala chetlariga sabzavot, poliz, moyli, dukkakli yoki makkajo‘xori urug‘i va ko‘chatlarini ekishni yakunlang, xususan, Xitoy navlari ekilgan maydon atrofiga makkajo‘hori yoki kungaboqar ekishni alohida tashkil eting;
to‘rtinchidan, 20-25 aprelgacha g‘o‘za qator orasini chuqur (60 sm kenglikda ekilgan dalada 25-30 sm, qolgan maydonlarda 35-40 sm chuqurlikda) chizel qiling;
beshinchidan, g‘o‘za nihollari to‘liq unib chiqqan maydonlarda tuproq mexanik tarkibi yengil maydonlar (qum yerlar) da 200-220 ming tup/ga, mexanik tarkibi o‘rta (voplon) yerlarda 140-160 ming tup/ga, mexanik tarkibi og‘ir (sug‘a) yerlarda
120-130 ming tup/ga, Xitoy texnalogiyasida qoldirishingizni, yagonalashni g‘o‘za
1-2 chinbarg chiqargunga qadar yakunlang;
oltinchidan, g‘o‘za 2-3 chinbarg chiqarganda organik biopreparatlar, kimyoviy moddalar (gumin, gumimax, NVK, ifo, PZN, Bioduks va xokazo) biologik stimulyatorlar bilan qo‘shimcha ishlov bering,g‘o‘zaning erta pishib yetilishihamdapaxtadan 50 sentner hosil olishga erishing;
yettinchidan, paxta dalasiga zararkunandalar kirib kelmasligi uchun dala chetlariga oltinko‘z biomahsulotlarini 1000 dona/ga me’yorida tarqatish, begona o‘tlardan tozalash, oltingugurt va ISO qaynatmalar bilan ishlov berishni
3-5 kunda yakunlang;
sakkizinchidan, g‘allangizni bahorgi oziqlantirishni 5 kunda yakunlab – 200 kg/ga ammiakli selitra sepishni unutmang;
to‘qqizinchidan, 10 kunda kamida 3 marta bargidan oziqlantiring (suspenziya sepish) hamda 1 m2 maydonga 2-3 dona xasva imogasi aniqlangan maydonlarni dala chetiga qaratib kimyoviy ishlov bering;
o‘ninchidan, g‘alla kombaynini, tashish texnikalarini mavsumga tayyorlang;
o‘n birinchidan, har bir fermer xo‘jaligi rahbari paxtachilik va g‘allachilik klaster korxonalari bilan hamkorlikda ishlarni yanada jadallashtirib, yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirib,bu yil paxta hosilini 50sentner hamda g‘alladan 80 sentner hosil olib, yuqori daromad olishga erishing hamda Prezidentimiz qaroridagi belgilangan imtiyozlardan foydalang.
Hurmatli klaster korxonalari rahbarlari!
Sizlarning e’tirofga arzigulik darajadagi biznes rejalaringiz asosida, bir necha yillar faqat xom-ashyo sifatida sotilgan tolalarimiz, bugungi kunda qayta ishlanib, tayyor mahsulot bo‘lib milliy iqtisodiyotimiz o‘sishiga va eksport salohiyatimiz mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.
Qolaversa, Sizlarning rejalaringizning muhim omili yetishtirilgan hosilning o‘z vaqtida, sifatli yig‘ib olinishga bog‘liqdir.
Shuning uchun quyidagi tadbirlarni og‘ishmay amalga oshiring:
birinchidan, chigit ekishni 2-3 kun muddatda yakunlash uchun fermerlarga kerakli texnika va moddiy resurslarni o‘z vaqtida yetkazilishida ko‘maklashing;
ikkinchidan,paxta va g‘alladan yuqori hosil olish uchun qo‘shimcha mineral o‘g‘it va boshqa resurslarni g‘amlang;
uchinchidan, g‘alla o‘rim-yig‘imiga tayyorgarlik ko‘rib, fermerlar yetishtirgan g‘allani sifatli saqlash uchun shart sharoitlar yarating.
Hurmatli fermer va dehqonlar!
Barchangizni mavjudimkoniyatlarni ishga solib,qishloq xo‘jaligi ekinlarini tez kunlarda sifatli ekish va yuqori daromad olishga chaqiramiz.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishni shunday ko‘tarinkilik bilan tashkil qilaylikki, toki har bir O‘zbekistonlikman, degan inson o‘zini dehqondek his etsin.
Bobodehqon yelkasidagi yukni ko‘tarishga kamarbasta bo‘lish, el-yurt tashvishiga sheriklik qilish, dehqonning zafarlaridan faxrlanish uchun kurashish hissi yuragingizda jo‘sh ursin!
Barchangizni mazkur ezgu ishda ishtirok etishga chorlab, iqtisodiyotimizni yuksaltirishga, ona yurtimiz yanada obod bo‘lishi uchun munosib hissangizni qo‘shishga hamda Dolzarb bir oy mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinlarinio‘z muddatlarida ekishga hamda yuqori hosil olishga da’vat etamiz!
Pastdarg’om tuman fermerlar kengashi
Rayosat a’zolari