insurez
14-03-2025 15:26

PASTDARG‘OM TAʼLIM TIZIMIDA “VIJDON” GURUHI ISH BOSHLADI


Tuman hokimi tuman prokurori hamrohligida taʼlim sohasi masʼullari, maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda ishtirok etdi.

Muloqotda taʼlim sifati, ijro intizomi, davomat, o‘qituvchilar toifasi, milliy hamda xalqaro sertifikatlar, kundalik.com yuritilish holati, maktab hududini obodonlashtirish, gulzorlashtirish va ko‘chat ekish, o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, taʼlim dargohlari faoliyati, o‘qitilish darajasi va soha xodimlarining salohiyatini yana-da yuksaltirish maqsadida, o‘z kasbining ustalari va turli yo‘nalishlarda boshqalarga ibrat bo‘ladigan masʼullardan iborat “Vijdon” guruhi tashkil etildi hamda ushbu guruh tomonidan maktab, bog‘chalarda doimiy o‘rganishlar olib borilishi, zarur ko‘maklar ko‘rsatilishi belgilandi.

Kasbiga fidoyi bo‘lgan, o‘z ustida tinimsiz izlanish olib borayotgan, bilimi hamda tashabbuskorligi bilan butun jamoasini barcha ko‘rsatkichlarda oldingi marralarni egallashlariga rahbarlik qilayotgan maktab direktorlar bir qator masʼullar eʼtirof etildi.

Xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan, taʼlim sifatiga eʼtiborsiz bo‘lgan ayrim masʼullarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilishi yuzasidan takliflar bildirildi.

Shuningdek, korrupsiya masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilib, uning jamiyat rivojlanishi va yurt ravnaqiga bo‘lgan salbiy taʼsiri hamda oqibatlari xususida so‘z yuritildi va barcha mutasaddilar bu borada ogohlikka chaqirildi.

Shu o‘rinda, barcha tumandoshlarimizdan farzandining tarbiyasi va bilim olishiga eʼtiborni yana-da kuchaytirishini, taʼlim sohasi vakillaridan esa, o‘z kasbini sidqidildan ado etishlarini so‘rab qolamiz.

Teglar
- -