PASTDARG‘OM POLVONI YANA SHOHSUPA TEPASIDA
Andijon viloyati Xonobod shahrida sportning kurash turi bo'yicha Andijon viloyati prokurori kubogi uchun "Xonobod Open" respublika ochiq turnirini bo’lib o’tdi.
Mazkur xalqaro ochiq turnirda butun Osiyo mamlakatlaridan 200 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi.
Ushbu nufuzli musobaqada Pastdarg‘om tumani vakillari ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.
Jumladan, yaqindagina Janubiy Koreya Respublikasida o'tkazilgan xalqaro musobaqada Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo'lgan Jonibek Qozoqov mazkur bellashuvda ham barcha raqiblaridan ustun kelib, g'oliblikni qo'lga kiritdi.