PASTDARG‘OM NONLARI "SAMARQAND NONLARI” FESTIVALIDA 1-O‘RINNI EGALLADI
Xabaringiz bor, Samarqand shahrida "Samarqand nonlari" festivali bo‘lib o‘tdi.
Unda Pastdarg‘om tumani vakillari ham munosib ishtirok etib, o‘ziga xos non va patir mahsulotlari namunalarini namoyish qilishdi.
Joyida yopilgan issiq “Chandir patirlari” esa kommisiya a’zolari va tomoshabinlarning alohida e’tiboriga sazovor bo’ldi.
Quvonarlisi, hakamlar bergan baholarga ko‘ra ushbu festivalda Pastdarg‘om tumani 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Registon maydonida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida tumanimiz vakillariga 1-o‘rini uchun belgilangan 30 million so‘mlik sertifikat topshirildi.
Biz tumandoshlarimizni yuqori natija va eʼtirof bilan qutlaymiz.