PASTDARG‘OM NAMUNASI JORIY ETILADI
Bu haqida, tumanimizga tashrif buyurib, qishloq xo‘jaligi sohasiga oid ishlab chiqarish korxonalari va issiqxonalar faoliyati bilan tanishgan bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov aytdi.
Tashrifda dastlab, tuman hokimi o‘rinbosari hamrohligida 1800 kilovattli quyosh panellari o`rnatilayotgan, natijada yiliga 3 million kilovatt elektr energiyasini iqtisod qilinish rejalashtirilayoygan “Samarqand Kamalak Invest Tekstil” MCHJ korxonasida bo‘lib, u yerdagi ish jarayoni, mahsulotlar sifati, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Shuningdek, tumanimizdagi kommunal soha tashkilot va korxonalari masʼullari ishtirokida, tumanda energetika tizimini yana-da yaxshilash, energiya resurslarini talon-toroj etilishini oldini olish, energiya bo‘yicha sodir bo‘layotgan o‘g‘irliklarni fosh qilish hamda energiya samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish kabi masalalar bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, "Mamatqul invest" MCHJga qarashli 1,5 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxonada bo‘lib, uning isitish tizimini ko‘zdan kechirildi.
Maʼlumot uchun, zamonaviy gidroponika usulida pomidor yetishtiriladigan mazkur issiqxonada 30 nafardan ortiq aholining bandligi taʼminlangan bo‘lib, uning yillik aylanma mablag‘lari 2,5 milliard so‘mni tashkil etadi.
Bundan tashqari, ushbu issiqxonada 3 xil yo‘l bilan yaʼni, ko‘mir, gaz va dizel yonilg‘ilari orqali isitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda bu issiqxona faoliyati to‘xtamasligiga samarali xizmat qilmoqda.
🇺🇿Tashrif davomida Sh.Aminov mutasaddilar va tadbirkorlarga o‘z ko‘rsatma hamda tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, yaqin kunlarda aynan ushbu issiqxonada viloyatimizdagi yirik issiqxonachilar va masʼullar ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazilishi hamda "Pastdarg‘om namunasi" joriy etilishi belgilandi.