insurez
01-03-2025 15:46

"PASTDARG‘OM LIGASI" G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI


Pastdarg‘om tumanida uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga jalb qilish va isteʼdod hamda qiziqishlariga ko‘ra to‘g‘ri sport turlariga yo‘naltirish borasida muntazam sport musobaqalari o‘tkazib borilmoqda.

Jumladan, yaqinda ham sportning futbol turi bo‘yicha "Pastdarg‘om ligasi" turniri tashkil yetildi.

Turnirga 200 nafardan ortiq yosh avlod vakillari qamrab olindi va 16 ta jamoalar o‘zaro bellashdi.

Natijalarga ko‘ra, “To‘qboy” jamoasi 1-o‘rinni, "Qator Teraklar" jamoasi 2-o‘rinni va "Juma sity" jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tantanali taqdirlash marosimida g‘olib jamoalarga va bir qator nominatsiyalarga loyiq ko‘rilgan faxrli ishtirokchilarga tuman hokimining birinchi o‘rinbosari J.Pardayev diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Teglar
- -