PASTDARG‘OM FARZANDLARIGA CHEMPIONLIK MUBORAK
Janubiy Koreyaning Geosan shahrida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Kurash bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada qitʼamizning 25 ga yaqin davlatidan kelgan sportchilar ishtirok etib, o‘z mahoratlari va yuksak tayyorgarliklarini namoyon qildi.
Bunda, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham munosib natija ko‘rsatib, medallar shodasini yurtimiz hisobiga taqdim qilishdi.
Jumladan, ushbu nufuzli musobaqada Pastdarg‘om tuman Parchachandir mahallasida yashovchi Jonibek Kazakov 90+ kilogram, Mehnat mahallasi fuqarosi Chingiz Muhammadiyev 50 kilogram hamda Katta Nayman MFYda istiqomat qiluvchi Sarvinoz Normurodova o‘z vazn toifalaridagi barcha raqiblaridan ustun keldi va Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Biz chempionlarimizni g‘alaba bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida ham zafarlar tilab qolamiz.