Pastdarg‘om tumani xorijiy investorlar eʼtiborida
Pastdarg‘om tumani tadbirkorlik faoliyati uchun har tomonlama qulay hududda joylashgani bois, kun sayin xorijiy investorlarning soni ham ortib bormoqda.
Tuman hokimi J.Pardayev Eronning Texron viloyatidan tashrif buyurgan "Atin Group Companies" kompaniyasi taʼsischisi Osiyo Sayid boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida, tumanimizdagi "K-Eldor" fermer xo‘jaligi bilan hamkorlikda, Oltiqahramon mahallasidan qiymati 8 million dollarlik suv va sut mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, do‘stona aloqalarni yana-da mustahkamlash, ikkitomonlama manfaatli kelishuvlarga erishish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish borasidagi kelgusi rejalar belgilab olindi.




