O‘zbekiston–Qozog‘iston hamkorligi: yangi imkoniyatlar
Joriy yilning 3-iyul kuni Samarqand viloyatidagi 50 nafardan ortiq texnikum direktorlari, o‘rinbosarlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari vakillaridan iborat delegatsiya Qozog‘istoning Turkiston viloyatidagi texnikumlarga 4 kunlik amaliy tashrif bilan jo‘nab ketishgan edi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad kasbiy taʼlim sohasidagi hamkorlik, o‘zaro taʼlim kelishuvlarga erishish hamda 10 dan ortiq kasblar bo‘yicha VorldSkills standartlari asosida master-klasslarda ishtirok etish bo‘lib, delegatsiya tarkibida tumanimizdagi politexnikumlar rahbarlari va masʼullari ham bor.
Tashrif davomida delegatsiyamiz vakillari "Turkiston Kelajak" ko‘p tarmoqli kollejiga tashrif buyurdi.
Unda, mazkur kollej bilan Samarqand viloyatining 2 ta texnikum va 5 ta politexnikumlari jumladan, tumanimizdagi 2-son politexnikumi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Bu kabi, tashriflar ishchi kasblarni rivojlantirish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va tajriba almashishda yuqori samara berishi aniq.