insurez
07-11-2025 10:17

O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI NISHONLANDI


"11-noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni" hamda "O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi" munosabati bilan Pastdarg‘om tumanida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tuman Madaniyat uyida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari S.Hamroyev, O‘zbekiston taʼlim va fan xodimlari respublika Kengashi Samarqand viloyati bo‘yicha masʼul tashkilotchisi I.Rahimov, Kasaba uyushmalarining tuman masʼullari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida kasaba uyushmasi Kengashi faollari, fidoyi boshlang‘ich kasaba uyushmasi raislari, faxriylar uyushmalarning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Tumanimizning xushovoz sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiq va raqslar ishtirokchilar ko‘ngliga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Teglar
- -