O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASI RAHBARI PASTDARG‘OMDA
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Pastdarg‘om tumanidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida, o‘quvchi yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, obodonlashtirish, o‘quvchilar qabuli hamda oliy taʼlimga qamrov masalalari bo‘yicha qiziqilib, bu boradagi o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
Shuningdek, tumanda tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yana-da rivojlantirish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida ham so‘z yuritildi.
Badiiy akademiya raisi 2024-2025 yilgi o‘quv yili mazkur maktab bitiruvchilarining 100 foiz o‘z mutaxassisligi bo‘yicha OTMga qabul qilinganligini eʼtirof etib, ushbu yutuq bilan maktab o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildirdi.