insurez
17-08-2025 18:32

O‘ZARO TAJRIBA ALMASHISH – ISH SAMARADORLIGINI TAʼMINLAYDI


Ish samaradorligini oshirishda o‘zaro tajriba almashish, takliflarni inobatga olish muhim o‘rin tutadi.

Tomonlar o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik esa har ikki tomon uchun ham foydadan holi emas.

Payariq tumani hokimining o'rinbosarlari, faollari va masʼullari Pastdarg‘om tumanida mehmon bo‘lib, o‘zaro tajriba almashish maqsadida tumanimizda olib borilayotgan obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, gulzorlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, mazkur tumanning maktab hamda bog'chalari rahbarlari va ularning tegishli o'rinbosarlari ham tumanimizga tashrif buyurib, ta'lim dargohlarini obod qilish borasida olib borilgan ishlar, tashkil etilgan gulzorlar shuningdek, yangi o'quv mavsumiga ko'rilayotgan tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Albatta, bu kabi tajriba almashish maqsadida tashkil etilayotgan tashriflar ish unumdorligini oshirish uchun samarali xizmat qiladi.

Teglar
- -