OMMAVIY SPORT TADBIRLARI DOIRASIDA YUGURISH MARAFONI O‘TKAZILDI
Bugun Samarqand viloyatining barcha hududlari qatori Pastdarg‘om tumanida ham "Korrupsiyadan holi Yangi O‘zbekiston uchun birlashaylik" shiori ostida yugurish marafoni o‘tkazildi.
Juma shahrida joylashgan Milliy bank binosi yonidan "Yangi O‘zbekiston" maydonigacha bo‘lgan masofada bo‘lib o‘tgan marafonda tumandagi tashkilotlar vakillari va xalq faollari ishtirok etishdi.
Tadbir yakunida ushbu yugurish marafonida faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan fuqarolar bir qator nominatsiyalar bo‘yicha munosib taqdirlandi.
Bu kabi tadbirlar aholini sog‘lom turmush tarziga va ommaviy sportga jalb qilish borasida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.