insurez
01-08-2025 17:51

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati hamda mahalliy kengash o‘rtasidagi amaliy hamkorlik


Bugun Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sh.Tuxtashev tumanimizda bo‘lib, tuman Kengashi masʼullari hamrohligida “Ko‘ktosh” qabristonidagi yodgorligi obyektining arxeologik tadqiqotlarini moliyalashtirish holatini o‘rgandi.

Shu kabi, Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishish barobarida, tumanda faoliyat olib borayotgan hunarmandlar mahsulotlarini eksport qilish va bozorlarda targ‘ib qilishda uchrayotgan tizimli muammolarni o‘rgandi.

Shuningdek, tumandagi umumtaʼlim maktablarida investitsiya dasturlari asosida olib borilayotgan ishlar hamda "Dolzarb 90 kunlik" doirasida tashkil etilayotgan tadbirlar bilan tanishdi.

Bundan tashqari, mahallalar bo‘ylab aholi murojaatlari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar o‘rganilib, ularning yechimlari yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -