Olis va chekka hududlarda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida
Pastdarg‘om tumanida tibbiy sohani yana-da rivojlantirish, uning sifatini oshirish va aholiga tobora yaqinlashtirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, olis va chekka hududlar aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun shifokorlarga bo‘lgan ehtiyoj bosqichma-boschqich qoplanib, zarur tibbiy jihozlar bilan taʼminlanmoqda.
Ularda faoliyat olib boruvchi xodimlarning malakasi oshirilib, "Tibbiyot brigadalari"ning samarali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu "Tibbiyot brigadalari" tomonidan aholi xatlovdan o‘tkazilib, salomatlik guruhlariga ajratildi va tarmoq reja ishlab chiqildi.
Ushbu rejaga asosan,
-6-18 yoshli bolalar bo‘yicha tibbiy ko‘rik o‘tkazish;
-40 yosh va undan katta yoshdagi aholini yurak qon-tomir va qandli diabet kasalligini erta aniqlash maqsadida ommaviy skriningdan o‘tkazish;
-18 yosh va undan katta yoshdagi aholini profilaktik ko‘riklardan o‘tkazish va salomatlik holatlarini baholash;
-45-65 yoshdagi ayollarni ko‘krak bezi va 35-55 yoshdagi bachadon bo‘yni saratoni kasalligini erta bosqichlarda aniqlash maqsadida skriningdan o‘tkazish;
- nafar 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
- 2-10 yoshli bolalarni gelmintozga selektiv skriningdan o‘tkazish;
-3-18 yoshli bolalarni onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida ommaviy va selektiv skriningdan o‘tkazish;
-bolalarni 13 turdagi vaksinalar bilan boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash;
- homilador ayollarni kaliy yodid preparati bilan taʼminlash;
-tug‘ish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan taʼminlash;
- 6-23 oylik bo‘lgan bolalarni mikronutriyent kukuni bilan taʼminlash;
-2-10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus tekshirishdan o‘tkazish;
-nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
-homiladorlarni prenatal skriningdan o‘tkazish;
-surunkali kasalligi bor aholini tizimli sog‘lomlashtirish tadbirlarini olib borish belgilangan va bu boradagi ishlar tizimli ravishda muntazam davom etmoqda.
Budan tashqari tor soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan joylardagi muammolar bevosita o‘rganilib, tibbiy xizmatni yana-da takomillashtirish, xususan, aholi orasida keng tarqalgan kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va asoratlarining oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha bemorlarni sog‘lomlashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, I.A.Xusenov