insurez
17-06-2025 16:07

OLIS HUDUDDA YANGI SUV TARMOG‘I TORTILDI


Maʼlumki, Pastdarg‘om tumanidagi eng olis hududlardan sanalgan Elbek mahallasida aholini ichimlik va tomorqa uchun suv bilan taʼminlash maqsadida bir qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Pastdarg‘om tuman hokimligi, Samarqand viloyat “Imkon” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazi va Samarqand suv taʼminoti AJ hamkorligida olib borilayotgan, mahallaning Kanal yoqa qishlog‘ida joylashgan 8 yildan buyon ishlamay turgan eski suv inshootini yangilash hamda 5,6 kilometr masofadagi yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari yakunlandi.

Natijada, ichimlik suvi tarmog‘i va suv inshooti to‘liq ishga tushib, 200 dan ortiq xonadonlar toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Bugun, viloyat va tuman masʼullari, faollar, nuroniylar hamda xalq vakillari ishtirokida mazkur inshoot foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan mutasaddilar fuqarolarni ushbu ezgu ishlar yakuni bilan tabriklagan bo‘lsa, aholi vakillari yurtimizda yaratilayotgan qulayliklar va qaratilayotgan eʼtibor uchun cheksiz minnatdor ekanligini bildirishdi.

Shuningdek, tadbir doirasida "Sog‘lom avlod uchun" Xalqaro xayriya fondi Samarqand filiali tomonidan mahalla aholisini sog‘lomlashtirish uchun 10 turdagi dori-darmonlar va 5 xil turdagi optik ko‘zoynaklar bepul tarqatildi.

Teglar
- -