"OILA — MUQADDAS” TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Yangi milliy ruhiyatni shakllantirish va azaliy qadriyatlarni asrab-avaylash maqsadida Pastdarg‘om tumanida “Oila — muqaddas” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo‘limi rahbari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, tegishli masʼullar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Suhbatda “Oilaviy ajrimlar — jamiyatning tanazzuli” mavzusi muhokama qilinib, mustahkam oila qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, ajrimlarning oldini olish va yoshlarni sog‘lom ruhda tarbiyalash masalalari xususida so‘z yuritildi.