insurez
12-03-2025 15:00

OCHIQ BYUDJET LOYIHALARI AMALDA


Tumanimizda mahallalarni obodonlashtirish va aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi rejali ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib borayotir.

Jumladan, turli loyihalar asosida ichki yo‘llar ravon holga keltirilib, birma-bir taʼmirlanyapti.

Xususan, tashabbusli byudjet loyihasi doirasida ham bir qator mahallalarning ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizildi.

Yangisanoat mahallasi aholisi ushbu ochiq byudjet loyihasida g‘olib bo‘lishgani tufayli, ayni paytda, Bog‘ishamol muntazam yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan mahalla ichki yo‘lining qariyb 6 kilometr 200 metr qismiga asfalt yotqizildi.

Mazkur loyiha qiymati esa, 2 milliard 600 million so‘mdan ortiqroq deb baholangan.

Teglar
- -