insurez
04-06-2025 17:40

NURONIYLAR UCHUN SAYOHAT


Nuroniylarni eʼzozlash, ularga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos go‘zal odatlardan biri sanaladi.

Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatlar qatorida keksalarni eʼzozlash, ularning jamiyatdagi mavqeini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bugun, uzoq yillar turli sohalarda faoliyat ko‘rsatib yurtimiz, tumanimiz ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shgan bir guruh faol nuroniylar ishtirokida Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.

Bunda tumandoshlarimiz azim shaharning tarixiy obidalari, ziyoratgohlari, zamonaviy bunyodkorlik namunalari bilan tanishdi.

Shuningdek, tashrif davomida viloyat Nuroniylar jamg‘armasi markazining faoliyati, unda yaratilgan sharoitlar, kutubxona va maʼnaviy-maʼrifiy maskanlar ham eʼtibordan chetda qolmadi.

Sayohat so‘ngida otaxon va onaxonlar bilan bir piyola choy ustida samimiy suhbat qurildi.

Suhbat chog‘ida yurtga tinchlik, elga omonlik tilab duolar qilindi.

Teglar
- -