insurez
13-05-2025 12:32

Nurmurodov Abbos Davronovich - Pastdarg‘om tuman davlat arxivi direktori lavozimiga tayinlandi.


Hozirga qadar u, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Samarqand viloyat Pastdarg‘om tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, “Imomjon qadimiy yodgorligi” MFY mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi vazifasida faoliyat yuritib kelgan.

Tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirokchilarga ushbu kadr to‘g‘risidagi tegishli buyruqni tuman hokimi Sh.Rahmonov hamda Arxiv ishi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov tanishtirdi.

Teglar
- -