NOQONUNIY BINO VA QURILMALAR QURMANG!
Pastdarg‘om tumani qurilish bo‘limi va Kadastr agentligi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlash va yer maydonlarini nazorat qilish tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbir davomida, Bo‘ston, Sazag‘on va Katta Nayman mahallalarida yashovchi bir qator fuqarolar tomonidan yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallanib, yengil konstruksiyali savdo do‘konlari o‘rnatilgani aniqlandi va ushbu qonun buzilish holatlari bo‘yicha fuqarolarga tushunchalar berilib, noqonuniy qurilmalar ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.
Shuningdek, yer nazorati tadbirlari davomida suvli yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan eggalab olganlik bo‘yicha 21 ta holatlar aniqlanib, tegishli idoralarga hujjatlar taqdim etilgan va bu bo‘yicha 229/1-moddasiga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hurmatli fuqarolar yerga noqonuniy egalik qilib, yengil konstruksiyali imorat tiklash bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha, og‘ir konstruksiyali imorat qurish esa, 200 baravarigacha, mansabdor shaxslarga bo‘lsa 250 baravarigacha bo‘lgan miqdordagi jarimaga tortilishga sabab bo‘ladi. Buni zinhor unutmang!
Aziz hamyurtlar, eslatib o‘tamiz! Agarda siz tadbirkorlik qilish maqsadida bino qurmoqchi bo‘lsangiz, tuman qurilish bo‘limiga yoki kadastr agentligiga murojaat qilishingiz mumkin.