insurez
29-03-2025 12:55

NAZORATDAGI SHAXSLAR BILAN UCHRASHUV VA MULOQOT


Mamlakatimizda insonparvarlik tamoyili eng oliy o‘rinda turgani bois shaxsni jamiyatdan ajratmasdan tarbiyalash chorasi ko‘rilmoqda.

Bugun, Pastdarg‘om tuman prokurori J.Yuldashev va tuman IIB boshlig‘i Z.Mamadoliyev probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan uchrashdi.

Unda ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilingan shaxslarni to‘g‘ri hayotga qaytarish, sodir etgan jinoyati uchun chin ko‘ngildan pushaymonlik hissini uyg‘otish, ularni kasbga o‘rgatish, o‘qitish va ish bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, jamiyatimizda jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarning qayta ijtimoiylashuvini taʼminlash, sog‘lom hayotga qaytish va adashgan yo‘lini tuzatish bo‘yicha berilgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shu o‘rinda, ushbu fuqarolarning huquq va majburiyatlari, muammolari ham keng muhokama qilinib, probatsiya hisobidagi shaxslarning murojaatlari tinglanib, tegishli soha rahbarlariga ijrosi yuzasidan topshiriqlar berildi.

Teglar
- -