NAVOIYNI XOTIRLAB...
Pastdarg‘om tuman Madaniyat bo'limida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan "Nazm va navo" nomli badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimligi mas'ullari, ta'lim sohasi vakillari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etgan tadbirda Hazrat Navoiyning ibratli hayot yo‘li va ijodiy merosining dunyo tamaddunida tutgan o‘rni xususida so‘z yuritildi.
Badiiy kechada o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan Navoiy hayotiga oid sahna ko‘rinishlari davraga o'zgacha fayz baxsh etdi.
O'quvchilar tomonidan havola qilingan so‘z mulkining sultoni sanalgan mutafakkir ruboiy va g'azallari barchaga birdek manzur bo‘ldi.
Buyuk bobokalonimiz g'azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, bu kabi tadbirlar tuman bo'ylab barcha ta'lim dargohlarida keng miqyosda tashkil etildi.