NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILMOQDA
Pastdarg‘om tumanida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda fikr, takliflarini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda tadbirkorlar uchun qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Davlat xizmatlari markazida binoda bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi qabulda tuman hokimi Sh.Rahmonov, tegishli o‘rinbosar, tuman Soliq inspeksiyasi rahbari, Savdo-sanoat palatasining tuman masʼullari va tegishli korxona, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Qabul davomida hozirga qadar tadbirkorlar tomonidan kadastr, auksion, soliq kabi turli murojaatlar kelib tushdi.
Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.