NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILDI
Pastdarg‘om tumanida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda fikr, takliflarini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda tadbirkorlar uchun qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Kamolot mahallasida joylashgan "Darg‘om parranda fayz" MCHJga tegishli binoda bo‘lib o‘tgan navbatdagi qabulda tuman hokimi Sh.Rahmonov, tuman prokurori, tegishli o‘rinbosar, Savdo-sanoat palatasining tuman masʼullari va tegishli korxona, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, 30 ga yaqin tadbirkorlarning muammo, takliflarini o‘rganishdi.
Shuningdek, ushbu qabulga mahallalardagi hokim yordamchilari hamrohligida ham tadbirkorlar tashrif buyurib, o‘z faoliyatiga oid masala va takliflarni o‘rtaga tashladi.
Qabul davomida tadbirkorlar tomonidan kadastr, yuridik xizmatlar, auksion, kredit, yer hamda faoliyatini kengaytirish uchun amaliy yordam kabi turli murojaatlar kelib tushdi.
Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.