insurez
03-09-2025 14:15

NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILMOQDA


Pastdarg‘om tumanida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda fikr, takliflarini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda tadbirkorlar uchun qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Tuman hokimligi binosida bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi qabulda tuman hokimi Sh.Rahmonov, tegishli o‘rinbosarlar va tegishli korxona, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Qabul davomida "Darg‘om" kanali yoqasida turizm maskani tashkil etish masalalari ham ilgari surilyapti. 

Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Teglar
- -