insurez
22-05-2025 14:10

NAVBATDAGI TADBIRKORLAR JAMOATCHILIK KENGASHI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI


Pastdarg‘om tumanida "Tuman hokimi huzuridagi tadbirkorlar jamoatchilik kengashi" tashkil etilgani xususida xabar qilgan edik.

Tumanimizdagi Yangisanoat mahallasida joylashgan "Elektr taʼmir" MCHJ da mazkur kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi Sh.Rahmonov, viloyat hokimi huzuridagi tadbirkorlar jamoatchilik kengashi raisi H.O‘roqov  va tumanimizda ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boruvchi bir qator xorijiy va mahalliy yirik tadbirkorlik subyektlari taʼsischilari hamda rahbarlari ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, mazkur korxona elektrodvigatellarni taʼmirlash faoliyati bilan shug‘ullanib, hozirda unda 30 nafarga yaqin aholining bandligi taʼminlangan. Korxonaning aylanma mablag‘lari yiliga o‘rtacha 5,0 milliard so‘mni tashkil qiladi.

Dastlab, tadbir qatnashchilari ushbu korxona faoliyati, xizmatlar sifati va xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, korxona faoliyatiga doir videorolik va maʼlumotlar namoyish etildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan faoliyatiga oid muammo va kamchiliklar o‘rtaga tashlandi. Barcha masalalar ro‘yxatga olinib, ularning yechimlari bo‘yicha ish olib borish belgilandi.

Shu kabi, bunday uchrashuvlar tadbirkorlikni yana-da rivojlantirish, yurtimiz taraqqiyoti hamda xalq farovonligiga hissa qo‘shish uchun xizmat qilishi xususida so‘z yuritilib, ushbu kengash yig‘ilishi muntazam davom etishi taʼkidlandi.

Teglar
- -