NAVBATDAGI G'ALABA MUBORAK
Ma'lumki, ayni kunlarda sportning futbol turi bo‘yicha 2025-yil Samarqand viloyati "Ikkinchi liga" birinchiligi o‘yinlari o'tkazilmoqda.
Bugun, musobaqaning 3-tur o‘yinlari doirasida, tumanimizning “Turon” jamoasi navbatdagi raqibi bo‘lgan Samarqand shahrining "ISM Motrid" jamoasiga qarshi maydonga tushib, g‘oliblik uchun to‘p surdi.
Natijalarga ko'ra, tumanimiz jamoasi o'z raqiblari ustidan 4:3 hisobda g'alaba qozondi.
Qiziqarli lahzalar va hayajonli vaziyatlarga boy tarzda o'tgan o'yin yakunida tuman hokimi Sh.Rahmonov Turon jamoasi vakillarini hamda ularni qo‘llab-quvvatlab turgan tumandoshlarimizni g'alaba bilan tabrikladi.
Shu kabi, tuman hokimiga Turon jamoasi tomonidan jamoaning rasmiy kiyimlari taqdim etildi.