NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILMOQDA
Pastdarg‘om tumanida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda fikr, takliflarini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda tadbirkorlar uchun qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Tuman hokimligi binosida bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi qabulda tuman hokimi Sherzod Rahmonov va tegishli korxona hamda tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Qabul davomida hozirga qadar tadbirkorlar tomonidan kadastr, gaz va tadbirkorlik uchun joy kabi turli murojaatlar kelib tushdi.
Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.




