insurez
06-02-2026 17:17

Nafaqada bo‘lsa-da, mehnatda baraka: Robiya ona tajribasi


Qo‘qoni mahallasida yashovchi Robiya ona Xaitova hozirgi kunda nafaqada bo‘lishiga qaramasdan, uyda dam olib o‘tirmay, oilaviy byudjetga munosib daromad keltirmoqda.

U o‘z hovlisida hamda dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan hududda jami 6 sotix yer maydonida qulupnay yetishtirish bilan shug‘ullanib, uning atrofida chesnok ekishni ham yo‘lga qo‘ygan.

Mazkur mehnati evaziga Robiya ona yil davomida o‘rtacha 100 million so‘mdan ortiq daromad ko‘rmoqda. Bugun uning oila aʼzolari ham bir tanu bir jon bo‘lib, ushbu ishga jalb etilgan.

Tuman hokimining o‘rinbosari N.Qorayeva ushbu xonadonda bo‘lib, Robiya onaning holidan xabar oldi hamda uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Teglar
- -