MUROJAATLAR BILAN ISHLASH UCHUN DOLZARB BIR OYLIK
Bu haqida tuman hokimi ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda so‘z yuritdi.
Tuman hokimi, sektor va tashkilotlar rahbarlari, 107 ta mahalla “yettiligi” aʼzolari, hududlarga biriktirilgan tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda eng asosiy masala aholi murojaatlari bilan ishlash etib qatʼiy belgilandi.
Muhokamada rahbarlar fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarga eʼtiborli bo‘lishlari va har bir murojaatni shaxsan borib o‘rganishlari zarurligi taʼkidlandi.
Shu kabi, PQ 1-sonli qaror ijrosi, jinoyatchilikni oldini olish, fuqarolar uchun xavfsiz muhitni yaratish, quyosh panellarini o‘rnatish, aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar o‘tqazish, soliq va kommunal to‘lovlari bo'yicha targ‘ibot olib borish, ichki ko‘chalar va binolar atrofini tartibga keltirish, hududlarni obodonlashtirish, qabristonlarda hasharlar tashkil qilish, ijtimoiy muhtoj oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida olib borilayotgan ishlar tahlil etildi.
Aholi murojaatlari bilan ishlashda hamda berilgan topshiriqlar ijrosi xususida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan va o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarayotgan mutasaddilarning ish faoliyati tanqid ostiga olinib, qonuniy tartibda qatʼiy jazo choralarini ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Barcha kamchiliklarni bartaraf etish borasida ko‘rsatmalar berilib, bu bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.