MUQADDAS QADAMJOLARNI OBOD QILISH EZGU AMAL
Tuman hokimi Sh.Rahmonov Xalq deputatlari tuman kengashi vakili, tegishli masʼullar, nuroniylar, mahalla masʼullari, xalq faollari hamrohligida Baxshiboyi mahallasidagi Baxshiboyi nomli qabristonida olib borilgan obodonlashtirish, bunyodkorlik va tartibga keltirish ishlari bilan tanishdi.
Ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan dargohlar va muqaddas qadamjolarni obod qilish barchamizning burchimiz ekanligi taʼkidlandi.
Shu kabi, mazkur qabriston ham aholi birdamligida uyushqoqlik bilan olib borilgan hasharlar natijasida obod bo‘lgani va fuqarolar hamjihatligi eʼtirof etildi va hashar ishlarini doimiy ravishda olib borish bo'yicha tavsiyalar berildi.
O‘tganlar ruhiga Qurʼon tilovat qilinib, duolar o‘qildi.
Shu o‘rinda barchangizdan o‘z yashash hududingizdagi qabristonlarni obod qilishda faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.