insurez
28-02-2025 20:44

MUQADDAS QADAMJO OBOD BO‘LADI


Kuni kecha, tuman Madaniyat bo‘limida o‘tkazilgan qabulda Xonchorbog‘ mahallasi fuqarolari tomonidan ushbu mahalla hududidagi muqaddas qadamjo buzilish arafasida bo‘lib, uning o‘rnidan tadbirkorlik subyekti bunyod etilayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushgan.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov mazkur holatni nazoratga olish maqsadida sektor rahbarlari va tegishli masʼullar va faollar bilan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.

Unga ko‘ra, murojaatda nazarda tutilgan yer maydoni Xonchorbog‘ mahallasidagi 33-konturda joylashgan tuman zaxirasidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer maydoni bo‘lib, o‘tgan yilning o‘rtalarida mahalliy tadbirkorlar tomonidan ushbu yer maydonidan mahalla guzari va sport maydonchasi qurish taklifi bilan chiqilgan.

Shundan so‘ng, fuqarolar tomonidan ushbu maydon muqaddas qadamjo sifatida qolishi va obod qilish bo‘yicha tuman hokimiga murojaat qilingan.

Tuman hokimi murojaatni joyiga chiqib o‘rganish davomida, ushbu hudud buzilmasligi, onlayn savdoga chiqarish taʼqiqlanganligi va bu yerdan hech qanday tadbirkorlik subyekti bunyod etilmasligini maʼlum qilib, ushbu joyni obod qilish borasida tegishli tavsiya va ko‘rsatmalarni berdi.

Teglar
- -