MUNOSIB RAG‘BAT
O‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, maʼnaviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatning, xalqi o‘z oilasining farovonligi va yana-da rivojlanishi orzusida bo‘lgan vatanparvar yoshlarga milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilishda o‘z safdoshlariga va qo‘l ostidagi shogirdlariga o‘rnak bo‘lib, milliy armiyamizning rivojiga o‘z hissasini munosib qo‘shib kelayotgan harbiy xizmatchilarning ota-onalarini munosib rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilgan.
Pastdarg‘om tumani Po‘latchi mahallasida tug‘ilgan Elyorjon Ziyotov xuddi shunday insonlardan biri bo‘lib, hozirda u vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini himoya qilishdek o‘ta mashaqqatli va sharafli burchini ado etmoqda.
Bugun tumandoshimizning onasi Mohira Xo‘jaqulova O‘zbekiston Qurolli kuchlari yubileyi qo‘mitasi tomonidan "Vatan himoyachisining Onajoniga" deb nomlangan ko‘krak nishoni va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
El-yurtiga va xalqiga munosib xizmat qiladigan farzandni voyaga yetkazish hamda hukumatimiz tomonidan qilingan bu kabi yuksak eʼtibor, eʼtirofga erishish har bir o‘zbek onasiga nasib aylasin!