insurez
10-02-2025 17:51

MUNOSABAT


Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Boltali” mahallasidagi oldingi qishloq xo‘jalik omborxonasi o‘rnidan tadbirkor qurilish boshlagani, qurilish joyidagi tuproqni aholi yashash manziliga olib borib to‘kkani, tuproqdan qo‘lansa hid taralayotgani, bu tuproqdan turli kasalliklar tarqalish xavfi borligi, shuningdek, tuproqdan namuna olib, qanaqa mikroblar tarqalayotganligi bo‘yicha ma’lumot berish so‘ralgan.
 
Ushbu holat bo‘yicha Sanepidqo‘mita Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Pastdarg‘om tumani bo‘limi xodimlari va  tadbirkor ishtirokida murojaat o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, Pastdarg‘om tumani “Boltali” mahallasidagi oldingi qishloq xo‘jalik omborxonasining yer maydoni tadbirkor tomonidan tekislanib, ijara asosida foydalanish uchun qurilish mollari (loy blok, gazoblok va penablok) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Ushbu yer maydonida qishloq xo‘jaligi va poliz mahsulotlarini yetishtirmaslik to‘g‘risida tushuntirish olib borildi. 

Sanepidqo‘mning Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan laboratoriya tekshiruv o‘tkazish maqsadida ushbu hudud havosi va tuproqdan namunalar olinib, boshqarmaning Sanitariya-gigiyena laboratoriyasiga topshirildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, havodan va tuproq namunalaridan inson hayotiga xavf tug‘diruvchi hech qanday zararli moddalar aniqlanmadi.

Sanepidqo‘mita Pastdarg'om tuman bo'limi

Teglar
- -