MUNOSIB RAG‘BAT
O‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, maʼnaviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatning, xalqi o‘z oilasining farovonligi va yana-da rivojlanishi orzusida bo‘lgan vatanparvar yoshlarga milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilishda o‘z hamkasblari va shogirdlariga o‘rnak bo‘lib, milliy armiyamizning rivojiga o‘z hissasini munosib qo‘shib kelayotgan harbiy xizmatchilarning ota-onalarini munosib rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilgan.
Pastdarg‘om tumanida yashovchi Sheroz Saidov xuddi shunday insonlardan biri bo‘lib, hozirda u Shahrisabz shahridagi "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida faoliyat yuritib kelmoqda.
Farzandining vatanparvarligi, o‘z kasbiga, xalqiga va vataniga sadoqati tufayli tumandoshimizning ota-onasiga harbiy-akademik litseyning maxsus tashakkurnomasi topshirildi.
El-yurtiga va xalqiga munosib xizmat qiladigan farzandni voyaga yetkazish hamda bu kabi eʼtibor, eʼtirofga erishish har bir o‘zbekning ota-onasiga nasib qilsin!




