insurez
08-02-2025 12:51

MUDOFAA ISHLARI VAZIRI 82-MAKTABDA


Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga asosan "Jasorat maktabi"ga aylantirilayotgan 82-maktabda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida xabar bergan edik.

Taʼmirlash ishlari yakunlangan sinf xonalari, harbiy anjomlar va devoriy suratlar unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida mustahkam hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak masʼuliyat tuyg‘usini shakllantiradi.

Bugun, Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedov tuman hokimi Sherzod Rahmonov hamda tegishli masʼullar hamrohligida ushbu maktabda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Maʼlumot uchun, bu kabi harbiy taʼlim muassasalarida vatanparvarlik tarbiyasi yo‘nalishidagi fanlar o‘qitiladi va shu bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tiladi.

Albatta, bunday dargohlarning barpo etilishi yosh avlodni har tomonlama yetuk bo‘lib kamol topishi va Milliy armiyamizni yana-da qudratli bo‘lishida alohida o‘rin tutadi.

Tanishuv mobaynida tashkil etilgan sinf xonalar haqida iliq fikrlar bildirib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Teglar
- -