insurez
26-02-2025 11:27

MIRZATUP YANADA OBOD MASKANGA AYLANADI


Davlatimiz rahbarining 2024-yil 29-noyabrdagi tegishli qaroriga ko‘ra, Pastdarg‘om tumanidagi Mirzatup mahallasi hududida renovatsiya dasturi asosida zamonaviy ko‘p qavatli majmualar barpo etilishi belgilangan.

O‘zaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirish maqsadida tumanimizda bo‘lib turgan xitoylik investorlar mazkur hududga investitsiya kiritish niyatida.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov, tegishli o‘rinbosar va mutasaddilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, Chunsin shahridan tashrif buyurgan investorlar ushbu taklifni ilgari surdi.

Unga ko‘ra, investorlar Mirzatup mahallasi hududidan har tomonlama qulay, zamon talablari va xalqaro normalarga javob beradigan ko‘p qavatli turar joy majmualarini barpo etish istagini bildirishdi.

Shuningdek, shaharsozlik meyyorlari, qurilish sifati va talablari, fuqarolar uchun qulayliklar kabi masalalar xususida muzokaralar olib borildi.

Mazkur loyiha bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilib, qonun doirasida ish olib borish hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish belgilandi.

Teglar
- -