MIRZATUP MFYDA SAYYOR QABUL
Pastdarg‘om tumanida aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash maqsadida muntazam ravishda mahallalar bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Bu galgi sayyor qabul Mirzatup va Qozoq Nayman mahallalari fuqarolari va yoshlari uchun bo‘lib o‘tdi.
Respublika ishchi guruhi vakili, tuman hokimi, tuman prokurori, korxona-tashkilotlar rahbarlari, mahalla masʼullari, nuroniylar, xalq faollari va ko‘chaboshilar ishtirokida o‘tkazilgan qabul davomida, elektr tarmog‘i ustunlari va transformatorlar o‘rnatish, yo‘llarni taʼmirlash, kadastr kabi 30 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida masʼullarga yo‘naltirildi.
Shuningdek uchrashuvda PQ 1-sonli qaror ijrosini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish, mahalla hududida xavfsiz muhitni shakllantirish, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, aholi tomorqasidan unumli foydalanish, ijtimoiy muhtoj oilalar bilan ishlash va tadbirkorlikka yo‘naltirish, hasharlar tashkil qilish, ko‘chalar va qabristonlarni obod qilish masalalari xususida so‘z yuritilib, bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha kelishib olindi.