insurez
12-03-2025 14:53

MIRZATUP MFYDA PROFILAKTIK SUHBAT


Pastdarg‘om tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va kelgusida sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman prokurori va tuman IIB boshlig‘i tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida Mirzatup mahallasi yettiligi, nuroniylar, xalq faollari ishtirokida jinoyat muhokamasini o‘tkazdi.

Muhokamada joriy yilning 7-mart kuni ushbu mahallada yashovchi M.Abdujabborovaning xonadonidan 2 dona bozor bahosi 8 million so‘m bo‘lgan ayollar tilla uzuklari o‘g‘irlangani va bu bo‘yicha surishtiruv, tergov ishlari olib borilgani, unda bu jinoyat Samarqand shahrida probatsiya bo‘limi hisobida turuvchi, 2009-yilda tug‘ilgan A.B. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, qamoqqa olinganligi bayon etildi.

Shuningdek, huquqbuzarliklarni oldini olish borasida tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Shu kabi, mahalla yettiligi va faollar qatorida barcha fuqarolardan sergaklikni oshirish, farzandlar tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratish so‘ralib, jinoyatchilikni oldini olish hamda birdamlikda mahallada xavfsiz muhitni shakllantirishga ko‘maklashish borasida tavsiya, ko‘rsatmalar berildi.

Muhokama davomida jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan ham alohida suhbatlar o‘tkazildi.

Teglar
- -