insurez
27-02-2025 20:38

MILLIYLIK TUYG‘USI SAMARQANDDA


Samarqand shahrida viloyatimizdagi kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida, “Milliylik tuyg‘usi Samarqandda” loyihasi doirasida “Milliy liboslar - millatimiz va maʼnaviyatimiz ko‘zgusi” tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekona kiyinish madaniyati, uning targ‘iboti, kiyim tanlash, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo meʼyorlariga amal qilish, milliy anʼanalarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida o'tkazilgan tanlovda pastdarg‘omlik yoshlar ham munosib ishtirok etishdi.

Natijalarga ko'ra, Pastdarg‘om tuman 3-son politexnikumi o‘quvchilari faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Tanlov g‘oliblariga Samarqand viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -