MILLIY LIBOSDA MILLATIMIZ RUHI AKS ETGAN!
Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 6-fevraldagi "Samarqand viloyatida milliylikni keng targ‘ib qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 33-7-0-Q/25-sonli qaroriga asosan, haftaning har juma kuni viloyatimizdagi barcha tuman va shaharlarda "Milliy libos-millat qiyofasi" shiori ostidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, ushbu kunda Pastdarg‘om tumanidagi hokimlik xodimlari, barcha korxona-tashkilotlar masʼullari hamda davlat xizmatchilari milliy liboslarda bo‘lishi odatga aylanib ulgurdi.
Shuningdek, tumanimizdagi taʼlim dargohlarida ham bu borada tadbirlar o‘tkazilgan bo‘lsa, tuman tibbiyot birlashmasi hamda hududiy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari fuqarolarga milliy liboslarda xizmat ko‘rsatishdi.
Tadbirlarda o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va maʼnaviy merosini asrab-avaylash, qizlarimiz qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizga hurmat va sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyasini ilgari surish maqsad qilingan.
Zero, milliy liboslarimiz o‘zida xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va anʼanalarini mujassam etgan.